Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yakan}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-kan
Izoh(lar)i:
yakan ot

1. bot. ot. Zax va sersoya yerlarda, to‘qaylarda tola-tola bo‘lib o‘sadigan bir yoki ko‘p yillik o‘simlik (tolasi pishiq bo‘lganligidan, odatda, bog‘dorchilikda tok bog‘lash uchun ishlatiladi) Yakan o‘rmoq. Tokni yakan bilan bog‘lamoq. Ko‘lning sayoz joylarida odam bo‘yi qamishlar, yakanlar o‘sib yotardi. J. Sharipov, Xorazm

2. jarg. rg. Pul. Esing borida etagingni yop, degan mashhur naqlga amal qilmasak bo‘lmas. Bir yoqdan yakanning qo‘ri qochyapti. J. Abdullaxonov, To‘fon
Gapni aylantirmang. Yog‘liq joy. Yakan katta bo‘ladi! Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: pul [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.