Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pinhon}
So‘z bo‘g‘inlari: pin-hon
Izoh(lar)i:
pinhon sf

1. 1. Kishining nazaridan yashiringan, ko‘zga ko‘rinmaydigan; yashirin. Ming tasannoga loyiq o‘simliklarning ajoyib xislatlaridan biri — insonga yer ostida o‘zini pinhon tutgan konlardan xabar qila bilishidir. Gazetadan

2. 2. Kishilardan maxfiy tutilgan, sir saqlangan; maxfiy. Siri pinhon. Dardi pinhon. Pinhon bo‘lmoq. Pinhon tutmoq. Necha yildirki, Feruz Avazga pinhon mehr qo‘ygan edi. Buni xudodan yashirmaydi, ammo bandasiga bildirmaydi. S. Siyoyev, Avaz
Dastlab tuyg‘ularini hammadan pinhon tutib yurdi. Yoshlik
axir, uning pinhon armonlarini Nurillaxongina emas, Said Olimxon ham yaxshi bilardi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik

Antonim(lar)i: oshkora
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.