1. ayn ayn . oshkor 2.
Oshkora so‘zlashmoq.
▬
Fotiha bo‘lgandan keyin oshkora uchrashuv ularga man etildi. Urf shunaqa, odat shunaqa, nachora.
X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
O‘zlaringiz oshkora gaplashib olinglar. Orqadan g‘iybat qilguncha, har qanday gap bo‘lsa, shartta betga aytish kerak.
S. Siyoyev, Otliq ayol
2. sft. ft. Ochiq-oydin, hammaga ma’lum bo‘lib, ko‘rinib turgan; ayon.
Yashirin do‘stdan, oshkora dushman yaxshi.
Maqol
Shaharning ko‘p xufiya va oshkora savdogarlari Muhammadrajabga qoyil qoladilar. A. Qahhor,
Sarob
[Nuri] Qizning yuragidagi sirlarni butunlay oshkora qilishni istadi.
Oybek, Tanlangan asarlar