Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {picha}
So‘z bo‘g‘inlari: pi-cha
Izoh(lar)i:
picha ys

1. rvsh. sh. Oz miqdorda, ozgina. Ikki oq piyozni mayda to‘g‘radi, unga picha murch sepdi, piyozni guruchning bir chekkasiga ko‘mib, osh damgirni yopdi. Oydin, Yigit
Mahalliy aholidan allanarsalarni bir necha tuxum va picha yoqqa almashtirib oladi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

2. 2. Oz vaqt, bir oz, andakkina, andak. Mingboshi picha kutdi, Matqovul gapiravermaganidan keyin, yana baqirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Juda charchading, picha uxlab, dam olsang bo‘lardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yana picha vaqt kutishdi — jimjitlik. Yoshlik

3. 3. Oz darajada, sal(gina). Ko‘nglim picha tinchidi. Kunduzgi ishlari, nihoyat, restorandagi suhbat uning [mayorning] ko‘ngliga ravshanlik olib kirdi. Ish picha siljigan edi. Yoshlik
O‘zim aytuvdim kecha! Qo‘ziboy picha o‘zini bosib oldi. H. Nazir, Yonar daryo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: andak [f-t], birpas
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.