1. 1. Ozgina vaqt, birpas.
Andak sabr qiling.
▬
— Siz shu yerda andak o‘tirib turing, opa! — dedi haligi qirraburun odam.
P. Tursun, O‘qituvchi
Xo‘rakdan keyin andak mizg‘imoqchi bo‘ldi.
S. Siyoyev, Avaz
2. 2. Birmuncha, bir qadar.
Kasal andak beri qaradi. Issiq andak pasaydi. Osh andak tirik bo‘libdi. it Saidiy xatni ikki-uch qayta o‘qigandan so‘ng, o‘zini andak bosib olib, atrofga qaradi.
A. Qahhor, Sarob
3. 3. Uncha katta yoki ko‘p emas; bir oz, qittak.
Sendan andak xatolik o‘tdi. Sizda andak ishim bor. Menga andak tuz bering.
▬
Ammo og‘iz tevaraklarida andak qon alomatlari ham namoyon erdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar