Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {past} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: past-lash-moq
Izoh(lar)i:
past [past ]

1. Yuqori tomon o‘lchami, qaddi, bo‘yi uncha baland bo‘lmagan, balandligi, bo‘yi nisbatan qisqa; pakana, pastak. Shu zahoti hovlida past bo‘yli yigit paydo bo‘ldi. Sharq yulduzi

2. Uncha chuqur bo‘lmagan, sayoz. Past daryo. gazetadan

3. Miqdori, darajasi, narxi uncha katta, baland bo‘lmagan, nisbatan kam, oz, quyi.

4. Shiddati, kuchi, darajasi uncha katta bo‘lmagan, nisbatan kuchsiz, zaif (issiqlik, bosim kabilar haqida). Strelka sal ko‘tarildi-yu, yana holi kelmay, pastga tushdi. Ortiq, benzin qancha qolganini ko‘rib, o‘zining ham kapalagi uchib ketdi. M. Mansurov, Yombi

5. Uncha baland bo‘lmagan, bo‘sh (ovoz, nota kabilar haqida). U o‘zini bir oz tutib oldi-da, past ovozda davom etdi: — Qo‘rqmang, institutdan haydamaymiz. Lekin odam degan bunaqa mahmadona bo‘lmaydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

6. Sifati uncha yaxshi bo‘lmagan; oddiy, jo‘n. Lekin agar biron yosh yozuvchi o‘z imkoniyati darajasidan pastroq asar yozsa, uni darrov ogohlantirib qo‘yar edilar. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas

7. Unchalik yaxshi emas, yurishmagan (“baxt”, omad, tole kabi so‘zlar bilan). Ha, o‘sha tolei past Jamila. Hamza, Boy ila xizmatchi

8. Seryog‘in, yomon, sovuq; Barg yetilmayapti, bahor past keldi. A. Muxtor, Kumush tola

9. Kelib chiqishi, nasl-nasabi yuqori tabaqalarga xos bo‘lmagan, asilzoda emas. [Imom:] Otasini ko‘ndiramiz, uning tagi past, jazosi pul-da. J. Sharipov, Xorazm

10. ayn.Pastkash. Dengiz tubida dur, ustida cho‘p-xas, O‘zgani past bilur kimki o‘zi past Sh. Shomuhamedov, Odam borki

11. Nisbatan quyi o‘rnashgan joy; pastlik, chuqurlik. Olmani tutib, orqasiga qaytsa, tut shoxidan shoshib, pastga yoshgina bir qiz tushib kelyapti. S. Zunnunova, Olov

12. s. t.Yer, pol. Chelakni pastga qo‘y. gazetadan

13. Uyning kiraverishidagi eshikka yaqin joy; poygak. Ibodulla ham akasidan bir qadam pastga tiz cho‘ka qoldi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: baland , yuqori
Sinonim(lar)i: adno [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.