1. Eti qochib, ozg‘in tortmoq; ozg‘inlanmoq, oriqlamoq. Bir terining ichida qo‘y necha bor semirib, necha bor ozar. Maqol Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas. Maqol Umidning yoqasi titilib ketgan o‘sha eski kostyumi-yu, shimining tagi yirtilib, yamoq tushganiga, ozib, chakkalari turtib chiqqaniga qarab, hayron bo‘lgan bo‘lsa kerak. Mirmuhsin, Umid Bu orada u ozib, shundog‘am so‘lg‘in yuzlari battar za’faron bo‘lib ketdi. S. Ahmad, Ufq
2. To‘g‘ri yo‘ldan toymoq, adashmoq. Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas. Maqol Egri — ozadi, to‘g‘ri — o‘zadi. Maqol Islovotxonalari taraqqiy topgan mamlakatlarda adashgan qizlar, ozgan juvonlar ko‘pincha Fuod afandi tutgan yo‘llar bilan qo‘lga tushirilar edi M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
1. yo‘ldan ozdirmoq: yomon yo‘lga boshladi aynitdi