Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oz} - ay ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi;Ravishga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-zay-moq
Izoh(lar)i:
oz fl

1. Eti qochib, ozg‘in tortmoq; ozg‘inlanmoq, oriqlamoq. Bir terining ichida qo‘y necha bor semirib, necha bor ozar. Maqol
Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas. Maqol
Umidning yoqasi titilib ketgan o‘sha eski kostyumi-yu, shimining tagi yirtilib, yamoq tushganiga, ozib, chakkalari turtib chiqqaniga qarab, hayron bo‘lgan bo‘lsa kerak. Mirmuhsin, Umid
Bu orada u ozib, shundog‘am so‘lg‘in yuzlari battar za’faron bo‘lib ketdi. S. Ahmad, Ufq

2. To‘g‘ri yo‘ldan toymoq, adashmoq. Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas. Maqol
Egri — ozadi, to‘g‘ri — o‘zadi. Maqol
Islovotxonalari taraqqiy topgan mamlakatlarda adashgan qizlar, ozgan juvonlar ko‘pincha Fuod afandi tutgan yo‘llar bilan qo‘lga tushirilar edi M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: bisyor [f-t], ko‘p , mo‘l
Sinonim(lar)i: kam [f-t], kamaymoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.