1. Eti qochib, ozg‘in tortmoq; ozg‘inlanmoq, oriqlamoq.
Bir terining ichida qo‘y necha bor semirib, necha bor ozar.
Maqol
Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas.
Maqol
Umidning yoqasi titilib ketgan o‘sha eski kostyumi-yu, shimining tagi yirtilib, yamoq tushganiga, ozib, chakkalari turtib chiqqaniga qarab, hayron bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Mirmuhsin, Umid
Bu orada u ozib, shundog‘am so‘lg‘in yuzlari battar za’faron bo‘lib ketdi.
S. Ahmad, Ufq
2. To‘g‘ri yo‘ldan toymoq, adashmoq.
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas.
Maqol
Egri — ozadi, to‘g‘ri — o‘zadi.
Maqol
Islovotxonalari taraqqiy topgan mamlakatlarda adashgan qizlar, ozgan juvonlar ko‘pincha Fuod afandi tutgan yo‘llar bilan qo‘lga tushirilar edi
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha