Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oxir}
So‘z bo‘g‘inlari: o-xir
Izoh(lar)i:
oxir rv

1. Cho‘ziq narsaning so‘nggi chegarasi, eng keyingi qismi, poyoni. Yo‘lning oxiri ko‘rinmaydi. ▬ Nusratbekning uyi shu kimsasiz, sokin ko‘chalardan birining oxirida — paxtazor chegarasida joylashgan ekan. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. Davomli narsalarning so‘nggi qismi, xotimasi. Dostonning oxiri, Spektaklning oxiri. ▬ [Usta Olim] Xatning oxirida: Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi deb yozar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning so‘nggi, oxirgi dami, nihoyati. Yilning oxiri. Qishning oxiri. Oxir bo‘lmoq. ▬ Shunga qaramasdan, bu maktab yil oxiriga borib, o‘zlashtirish 160, davomat 200 foiz bo‘ldi, deb axborot beribdi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

4. Oqibat, natija; pirovard. Yomon ishning oxiri voy. ▬ — Hay, ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsin, — dedi Maxsum. P. Tursun, O‘qituvchi

5.

Antonim(lar)i: bosh
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. oxir I Ot
nihoyasi, chegarasi

2. oxir II Ot
oxur, molga yem-xashak solinadigan maxsus joy

Paronimi: axir – [a] Oxiri, pirovardida, nihoyat; ma’noni kuchaytiradi, ta’kidlaydi.
Qomus: mavjud emas.

1. bayi bu dunyo puli oxirat: -

2. oxir zamon: -

3. oxir zamona: -

4. oxiri baxayr bo‘lsin: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.