Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ot} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-til-moq
Izoh(lar)i:
ot fl

1. 1. Ko‘lni siltab yoki qulochkashlab, qo‘lidagi narsani uzoqqa yoki mo‘ljalga irg‘itmoq, uloqtirmoq. Tosh otmoq. Granat otmoq. Ko‘pga kesak otma. Matal
Yormat pichoqni sug‘urib olib, uzoqqa otdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Tashlamoq, irg‘itib yubormoq. Tantiboyvachcha ko‘rpachaga bemalol o‘tirib, do‘ppisini bir chekkaga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Shiddat bilan biror tomonga, joyga tashlamoq yoki tashlanmoq, otilmoq. Gulnor hushsizlangan kabi, boshini onaning tizzasiga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bolakay, yastanib yotgan poyonsiz lolazordan yugurib kelib, o‘zini uning quchog‘iga otdi. Sharq yulduzi

4. 4. Ko‘tarib yerga urmoq, yiqitmoq (kurashda). U [Siddiqjon] hozir kurashda raqibini yonboshga olib otgan. A. Qahhor, Qo‘sh-chinor chiroqlari
Qo‘tosni otmadi, zo‘r bilan uni maydonning chetiga — qattiq yerga sudradi. A. Qahhor, Sarob

5. s. t. t. Chekmoq; tortmoq. Chori ota barmoqlari titrab, nos otdi. S. Nurov, Narvon
Shu vaqtda kimdir, burnaki otgandek, qayta-qayta apshurdi. Oybek, Navoiy

6. 6. Tortmoq, ichmoq (ichimlik haqida). Esonboy chorpoyaga chiqib, u bilan yonma-yon o‘tirganda, chol jinday otib olganini sezdi. Yoshlik

7. ko‘chma kam qo‘ll. ll. Uloqtirib tashlamoq, tark etmoq, yig‘ishtirmoq. Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

8. ko‘chma hma Chiqarmoq, yozmoq, yoymoq (asosan o‘simlik haqida). Chechak otmoq. Palak otmoq. Kurtak otmoq. Hademay karnay-gullar, juda hafsala bilan chiroyli qilib tortilgan iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zilol suvli sharshara yonida ikki bahaybat chinor, Bobur zamonidan guvohlik berib, shox otib turibdi. H. Hasanov, Ekvatordan o‘tganda

9. 9. Biror qurol vositasida o‘q, tosh, snaryad va shu kabilar uzmoq. Sopqon otmoq. Kamalak otmoq. Minomyot(dan) otmoq. Otgan o‘q qaytmas. Maqol
Yotib qolguncha, otib qol. Maqol
Tanklarimiz dushmanning oldingi okoplaridan o‘tib, tankka qarshi otadigan batareyani to‘pga tuta boshladi. A. Qahhor, Oltin yulduz

10. 10. Otish quroli vositasida urib shikastlamoq yoki o‘ldirmoq. O‘rdak otmoq. Quyon otmoq. [Yo‘lchi] Tishini qisirlatib dedi: — To‘pning og‘ziga qo‘yib, otib yuboringlar meni, qonxo‘rlar! Oybek, Tanlangan asarlar
Ba’zan qiziqsinib, biz ham kaptar otib ko‘rmoqchi bo‘lardik. Shukrullo, Saylanma

11. 11. Kuch bilan itarib, itqitib chiqarmoq; uchirib yubormoq. Shisha probkasini otib yubordi. Vulqon yuz tonnalab olovlangan tog‘ jinslarini havoga otdi. Suv dam oqizib ketadi, dam chetga otadi. S. Ahmad, Ufq

12. ko‘chma chma Qo‘ymoq, tashlamoq. Shior otmoq. Masalani o‘rtaga otmok- Dastlab bu gapni dadangiz o‘zlari o‘rtaga otdilar. Oybek, Tanlangan asarlar

13. 13. Uchmoq, sirg‘anmoq. Yaxmalak otmoq. Konki otmoq Mening yoshligimda birga oshiq o‘ynab, yaxmalak otib o‘sgan bir og‘aynim bor. Shukrullo, Saylanma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nom [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.