Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ora} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-ra-la-moq
Izoh(lar)i:
ora ot

1. 1. Ikki narsa yoki nuqta o‘rtasidagi masofa. Moskva bilan Toshkent orasi 3500 kilometr. Kolonnada mashinalar orasi. Ora uzoq, qariyb bir kilometrcha kelar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Narsalar o‘rtasidagi joy, bo‘shliq, maydon; ochiq yoki teshik joy. G‘o‘za qatorlari orasini yumshatish. Seni unda, meni munda yaratdi. Oramizda oqar daryo yaratdi. Qo‘shiqlar
Supalarning oralariga, atrofiga anvoi gullar ekilgan. A. Qahhor, Asror bobo
Bulutlar orasidan oyning bir parcha kumushi ko‘rinib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Narsalarning bir-biriga tutashgan joyi, o‘rtasi. Etagi eshik orasiga qisilib qoldi. Saman otliq, qamchisini buklab, piyozi chakmonining yoqasi bilan gardan orasiga qistirdi-da, otini qistab, devorga yaqinlashdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. 4. Narsalarning ichi, o‘rtasi. Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. Oybek, Tanlangan asarlar

5. 5. Qator, saf; to‘da, davra. Oramizda har xil odamlar bor. Oramizdan yaqin do‘stimiz ketdi. Buni haydang oradan, jo‘ralar! Yana yolg‘onlar ila ko‘p Sizni sarson qiladir. Hamza
Qo‘shin Toshkentga yetgan ba’dida bizlar tashqaridan va sizlar ichkaridan bo‘lib, Musulmonqulni oradan ko‘targaymiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. Ikki voqea, hodisa yoki payt o‘rtasida o‘tgan, o‘tadigan vaqt, fursat Mehmonlar jo‘nab, oradan sal vaqt o‘tmay Asrorqul keldi. A. Qahhor, Asror bobo
Oradan to‘qqiz yil o‘tdi. Bular to‘rt bola ko‘rishdi. A. Qahhor, Boshsiz odam

7. 7. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, aloqa. Bu haqda endi bizning oramizda gap bo‘lmasin, o‘rtoq Nurmonov. S. Zunnunova, Olov
— Haligi gaplar yolg‘onmi! Orada hech narsa bo‘lgan emasmi? — so‘radi yumshoqlanib ona. Oybek, Tanlangan asarlar.

8. 8. 3-shaxs egalik va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchalari bilan ko‘makchi vazifasida ishlatiladi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: munosabat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: oro – [f] Oroyish, pardoz, chiroy, ziynat, husn, ko‘rk.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.