Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oq} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: oq-la-moq
Izoh(lar)i:
oq fl

1. 1. Past tomonga qarab uzluksiz, surunkasiga harakat qilmoq, yurmoq (suyuqlik haqida). Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q. Maqol
Qonqus tun bo‘yi g‘azab bilan, alam bilan to‘lg‘anib oqdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Filatovning bir qo‘li qon oqayotgan yelkasida, ikkinchi qo‘li pulemyot lentasida, boshi quyi solingan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. 2. Tez-tez tommoq, birin-ketin yumalamoq (tomchilar haqida). [Qizning] Ko‘zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oshno do‘stining ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotganini ko‘rdi, xo‘rlandi M. M. Do‘st, Lolazor

3. 3. Suv oqimi bilan birga siljimoq, suzmoq. Kelganlardan bir qismi soyning o‘rtasiga yetmasdan qaytishga majbur bo‘ldi. Ikki kishi oqib ketayozdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

4. 4. Quyilib kelmoq; o‘tmoq. O‘tkazgichlardan elektr toki oqa boshladi.

5. ko‘chma hma Kelib, tushib turmoq. Konveyerlardan don oqadi. Xona ichiga quyoshning iliq yorqin ipagi jimgina oqdi. Oybek, Navoiy

6. 6. Jarayon tarzida, ko‘plashib biror tomonga yurmoq, o‘tmoq. Otliqlar Oqmachit qiri tomon oqib borardi. T. Ashurov, Oq ot
Ertalabdan boshlab qishloq aholisi maktab tomon oqdi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. To‘kilmoq, osilib tushmoq. Ikki atrofda paxtasining cho‘g‘i qochgan dalalar goh cho‘p bo‘lib g‘o‘zapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi. M. Mansurov, Yombi

8. ko‘chma hma O‘tmoq, kechmoq. Hayot bir maromda, bir izda oqa boshladi. S. Abduqahhor, Ko‘zlar
Yillar oqar yillarni yuvib, Taqdiriga tan berar havas. A. Sher, Qadimgi kuy

Antonim(lar)i: aybdor [a+f-t], aybli , qora
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.