Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qora}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-ra
Izoh(lar)i:
qora sf

1. zid. id. Rang-tusi mavjud ranglarning barchasidan to‘q; qozonkuya, ko‘mir tusidagi; oq. Qora qozon. Qora soch. Qora ko‘z. Qora siyoh. Mo‘ttixon bug‘doyrang, qora qosh ayol edi. S. Zunnunova, Olov
Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yog‘ochlarigina qora ko‘mir bo‘lib, chars-chars qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor

2. 2. Shu tusga moyil to‘q rangli; qoramtir. Qora non. Qora gilos. Qora tuproq. Qora bulut. Nimqorong‘ida ruxsoridagi no‘xatdek qora xolini aniq ko‘rdi. S. Karomatov, Oltin qum
Qorani qora demanglar, Qoraning ori keladi. Qora mayiz yeganda, Qandday shirin keladi. Qo‘shiqlar
Mulla Obid bo‘lsa, aftiga qora balchiq sachratib, o‘zining mashhur ketmoni bilan ish ko‘radi. A. Qodiriy, Obid ketmon

3. 3. Is, qurum bosgan, qoraygan yoki oqlanmagan, pardozlanmagan. Qora uy. Dolonning o‘ng tarafidagi kichik qora hujrada Polvonning ota-onasi va bobolari umr kechirgan. J. Sharipov, Xorazm

4. zid. id. Qorong‘i; nursiz, ziyosiz; yorug‘. Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qora quchog‘iga olgan qorong‘i bir tun edi A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Demak, yuzimning bir tomoni kundek yorug‘-u, bir tomoni tundek qora ekan. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Uch qadrdon, uch opa-singil Zulmat quchgan qora o‘rmonda. X. Davron, Qaqnus

5. 5. Shaxmat, shashka kabi o‘yinlarda oqqa zid donalar va shu donalar bilan o‘ynovchi tomon. Qora bilan o‘ynamoq. Qoralar yutdi.

6. ot ot Qora yoki qoraga moyil narsa (kiyim, mato va shu kabilar). Bayroqlarga qora tutmoq (taqmoq), Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar Maqol
Keng qishloqni partizanning Motami qoplab oldi: Qora taqdi har bilak. A. Umariy

7. ot ot Biror narsaning uzoqdan yoki qorong‘idan ko‘zga tashlanuvchi aksi, ifodasi; sharpa. Oppoq qorda odamlarning qorasi yelib-yugurardi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mashina yorug‘idan ham talvasaga tushib, oldinda chopib borayotgan jayron qorasiga ko‘zi tushib, yuragi hapriqib ketdi. M. Mansurov, Yombi
Ko‘p o‘tmay havo burchida azamat havo laynerining qorasi ko‘rindi. S. Ahmad, Jimjitlik

8. ot ot Mo‘ljalga olingan yoki olinadigan narsa, nishon; mo‘ljal. Qoraga olmoq. Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi. Latifalar
Mergan bo‘lsang, o‘shal og‘ochni qoraga olib otg‘il. M. Osim, O‘tror

9. ko‘chma hma Umuman, salbiy belgini, sal-biy belgiga egalikni bildiradi; yomon. Qora niyat. Qora kuchlar. Kechirasiz, men shiringina bazmingizni qora xabar bilan muzlatib qo‘ydim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Paranji qursin, meni shunday qora kunlarga soldi. Hamza, Paranji sirlari
Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat
Shu gap bilan boshqalar Qoldi yer chizib. Qora, shum tilaklari Har yonni kezib. G‘ayratiy

10. ot ko‘chma chma Noto‘g‘ri, yomon, yaramas narsa, ish. Aroqning o‘zi oq, qilmishi — qora. Qanotli so‘zlar
Gulnor endi man tortmadi. Sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Akangizga qora yuqtirmaslik uchun O‘ktamni ham oqlayapsizmi endi? S. Zunnunova, Ko‘zlar

11. 11. Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-holatning kuchli darajasini bildiradi. Qora sovuq. Qora qon yig‘latmoq. Qora qishda to‘y qilmay, Battar bo‘lgur nokas gov A. Oripov, Yillar armoni
Nima qiladi o‘zini qora qiynoqqa solib?! A. Muxtor, Tug‘ilish
Shundan keyin terlab-pishib, qora terga tushib ketdi. M. Mansurov, Yombi

12. ko‘chma esk. esk. Ma’lum miqdordagi yaxlit summa. Bir qora cho‘zsak, kifoya deb o‘ylayman, ozmi, ming so‘lkavoy. Oybek, Ulug‘ yo‘l

13. 13. Qora (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: beayb [f-t+a], oq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Qoraqalpoq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va no‘g‘ay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘ay guruhchasini tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning unga qo‘shni hududlarida, Rossiya, Afg‘onistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan oshadi (o‘tgan asrning 90-yillari ma’lumoti).

Qoraqalpoq tiliasosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjaga bo‘linadi. Bu lahjalar fonetik xususiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi. Adabiy qoraqalpoq tiliXX asrning 1- yarmida shimoliy-sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski o‘zbek tilidan foydalanishgan.

Fonetik xususiyati: unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud.

Leksik xususiyati: qoraqalpoq tilida boshqa turkiy tillarda bo‘lganidek, umumturkiy so‘zlardan tashqari, arab, fors, rus tillaridan o‘zlashgan so‘z ko‘p uchraydi.

 

1. baxt qora: -

2. baxt qora bo‘lmoq: -

3. baxt qora qilmoq: -

4. baxt qoraligi: -

5. baxti qora: -

6. baxti qora bo‘lmoq: -

7. baxti qora qilmoq: -

8. baxti qoraligi: -

9. baxtini qora qilmoq: -

10. baxtni qora qilmoq: -

11. betiga qorakuya surkamoq: -

12. ich qora: -

13. ichi qora: yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan

14. ichi qoralik: -

15. ichi qoralik qildi: yomon niyatli ish qildi

16. ko‘ngil qora: -

17. ko‘ngil qora bo‘lmoq: -

18. ko‘ngil qora qilmoq: -

19. ko‘ngil qoraligi bilan: -

20. ko‘ngil qoraligi bilan: -

21. ko‘ngilni qora qilmoq: -

22. ko‘ngli qora: yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan

23. ko‘ngli qora bo‘lmoq: -

24. ko‘ngli qora bo‘lmoq: -

25. ko‘ngli qorarmoq: -

26. ko‘nglini qora qildi: juda xafa qildi

27. ko‘nglini qora qilmoq: -

28. ko‘z o‘ngini qoraytirmoq: -

29. ko‘z o‘ngini qoraytirmoq: -

30. ko‘z oldi qoraymoq: -

31. ko‘z qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

32. ko‘z qorachig‘iday: -

33. ko‘z qorachig‘idek: -

34. ko‘z qorachiq: -

35. ko‘z qorasidek: -

36. ko‘z qoraymoq: -

37. ko‘zga oq-qora ko‘rinmaslik: -

38. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaslik: -

39. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

40. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak

41. ko‘zining oq-u qorasi: -

42. ko‘zining qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

43. ko‘zning oq-u qorasi: -

44. ko‘zning qorachig‘i: -

45. kun qoraymoq: -

46. og‘izga oq it kirib, qora it chiqmoq: -

47. og‘ziga oq it kirib, qora it chiqmoq: -

48. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

49. oq bilan qorani ajratmoq: -

50. oq bilan qorani bilmoq: -

51. oq yuzga qora surmoq: -

52. oq yuziga qora surmoq: -

53. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

54. oqni oq, qorani qora demoq: -

55. oqni oqqa, qorani qoraga ajratmoq: -

56. oqni qora demoq: -

57. oqni qoradan ajratmoq: -

58. oq-qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

59. oq-qorani ajratmoq: -

60. oq-qorani tanidi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

61. oq-qorani tanimoq: -

62. oq-qorani tushundi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

63. oqqorasini tanimoq: -

64. oq-qorasini tanimoq: -

65. oq-u qorani ajratmoq: -

66. oq-u qorani bilmoq: -

67. oq-u qorani farq qilmoq: -

68. oq-u qorani tanimoq: -

69. oq-u qorani tushunmoq: -

70. oq-u qorasiga tushunmoq: -

71. oq-u qorasini bilmoq: -

72. oradan qora mushuk o‘tmoq: -

73. oraga qora ip tashlamoq: -

74. oralardan qora mushuk o‘tmoq: -

75. oralarga qora ip tashlamoq: -

76. qon qora qaqshamoq: -

77. qora kiymoq: -

78. qora kun: -

79. qora o‘chmoq: -

80. qora olib: -

81. qora po‘stakdan burga qidirmoq: kim Bajarilishi qiyin, mahol bo‘lgan ishga kirishmoq, hal bo‘lmaydigan ishga behuda vaqt sarflamoq.

82. qora terga botdi: haddan tashqari zo‘r berish natijasida mo‘l– ko‘l terladi

83. qora terga botmoq: -

84. qora terga tushmoq: -

85. qora tortmoq: -

86. qora xat: -

87. qora yurak: garazgo‘y, buzuq niyatli

88. qoraga olib qo‘ymoq: -

89. qorani oq demoq: -

90. qorasi o‘chdi: uzoqlashib, ko‘rinmay ketdi

91. qorasi o‘chmoq: -

92. qorasini ko‘rsatmaslik: -

93. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi

94. qosh qoraymoq: -

95. tikilgani qora, tinchigani chora topolmaslik: -

96. yuragi qora: garazgo‘y, buzuq niyatli

97. yurak qora: -

98. yuzga qorakuya surkamoq: -

99. yuzga qorakuya surtmoq: -

100. yuzi qora: -

101. yuzi qora bo‘lmoq: -

102. yuziga qorakuya surkamoq: -

103. yuziga qorakuya surtmoq: -

104. yuzini qora qilish: -

105. yuzini qora qilmoq: -

106. yuzining qora bo‘lishi: -

107. yuzining qorasi: -

108. yuzni qora qilmoq: -

1. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.