Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ong}
So‘z bo‘g‘inlari: ong
Izoh(lar)i:
ong ot

1. 1. Odam ruhiy faoliyatining oliy shakli; kishining fikrlash qobiliyati; aql, idrok. Bolaning ongini o‘stirish. Inson mavjudotlardan ongi, tafakkurining ulug‘ligi, sezgi hissiyotining cheksizligi bilan ajralib turadi. Saodat

2. 2. Odamning yoki odamlar guruhining ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati. Siyosiy ong. Sinfiy ong. Bizning maqsadimiz kishilarga ong, tushuncha bermoq; toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oq-u qorani o‘zi ajratib oladigan bo‘lsin! P. Tursun, O‘qituvchi

3. fls. ls. Psxl. Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi. Ong miyaning funksiyasidir. Modda — birlamchi, ong ikkilamchidir.

4. fls. ls. Belgili bir ijtimoiy guruh vakili bo‘lgan kishilarning psixologik, siyosiy va falsafiy nuqtayi nazarlari; ilmiy, badiiy qarashlari majmui. Turmush ongni belgilaydi. Ijtimoiy ong.

5. shv. Ov, ilvasin. Juda mergan edi, qushlarning, onglarning dodini bergan edi. Ravshan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aql [a]

1. ong I Ot
ilvasin, o‘lja

2. ong II Ot
kishining fikrlash qobiliyati

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. burni osmonga ko‘tarilgan: gerdaygan, kibrlangan

2. do‘ppisini osmonga otdi: juda xursand bo‘ldi

3. dong qotdi: kutilmagan hodisaga duch kelib, karaxt bo‘lib qoldi, hech narsani sezmaslik darajasida qattiq uxladi

4. dong‘i dog‘istonga ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

5. dong‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

6. ishongan bog‘i, suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani

7. jahonga keldi: tug‘ildi

8. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

9. osmonga ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi

10. osmonga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya

11. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

12. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

13. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

14. tegirmonga tushsa, butun chiqadi: har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oldi

15. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

16. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

17. yolg‘on tong: ayn. subhi kozib q. subh.

1. Ilonning yog‘ini yalagan – shaytonga dars bergan.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

4. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.