1. 1. Narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qo‘lga kiritmoq.
Ariqdan suv olmoq.
▬
Saodatxon kapalak ushlagandek ehtiyotlik bilan qutichani qo‘liga oldi.
S. Zunnunova, Olov
O‘zbek oyim burchakda bola ko‘tarib o‘tirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishga buyurdi. A. Qodiriy,
O‘tgan kunlar
Yo‘lchi ketmonni olib, ishiga jo‘nadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2.
2) kelishmoq, roziligini olmoq.
3. 3. Qabul qilmoq; yollamoq.
Ishga olmoq. Bolaga enaga olmoq.
4. 4. Bo‘shatmoq, bekor qilmoq, tushirmoq.
Sizni bugundan boshlab ishdan oldik.
▬
U avvalgi direktorimizning boshiga tuhmat yog‘dirib, ishdan oldirdi.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
5. 5. Qirqib, kesib, tortib, sug‘urib chiqarmoq.
Tirnoq olmoq. Qo‘yning junini olmoq. Soch olmoq. Oyoqqa kirgan tikanni olmoq.
▬
[Ali oxun] Do‘ppisi ichiga to‘g‘nalgan ignani oldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
6. 6. Yechmoq, solmoq.
Xotin boshidan jun ro‘molini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana o‘radi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
7. 7. Tushirmoq, bo‘shatmoq; xoli qilmoq.
Yelkasidan yukini olmoq. Mashinadagi yashiklarni olmoq.
▬
Usta Olim otning jilovidan qo‘lini olib, so‘radi
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
8. 8. Qo‘lga kiritmoq; ega bo‘lmoq.
Daromad olmoq. Paxtadan mo‘l hosil oldik.
▬
[Yo‘lchi] Ikki yarim yil boyning bo‘yinturug‘ini sudradi. Nima oldi?
Oybek, Tanlangan asarlar
Feruza Yigitaliyeva shu olimpiada-da bir yil birinchi o‘rinni oldi.
S. Ahmad, Yulduz
9. 9. Yemoq, yemoq-ichmoq, tanovul qilmoq.
Hammasi sizning tegishingiz, hech kimga qaramang. Baliqni oling!
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
10. 10. O‘ziga singdirmoq, qabul etmoq.
Rangni yaxshi oladigan ipak.
11. 11. Paydo qilmoq, hosil etmoq, yig‘moq.
Yara yiring olibdi. G‘o‘zalar ko‘sak oldi.
12. 12. Aytmoq, kuylamoq.
“Nasrulloyi”, Girya ol! Ibodxo‘ja, Fig‘onni ol!
Shukrullo, Saylanma
Zo‘r qo‘shiqlardan bittasini o‘rganib, katta to‘yda o‘rtaga chiqib, bir olayki.
A. Ko‘chimov, Halqa
13. 13. Uylanmoq, xotin olmoq.
[Zuhra:] Yosh qizni olganing bir sari, endi buni o‘qishdan qo‘yib, kurortga olib ketayotganing nimasi?
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
14. 14. Xarid qilmoq.
Bu paltoni necha pulga oldingiz? Hovli olma — qo‘shni ol.
Maqol
Ancha narsa oldik Senga bir jo‘ra beqasam.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
15. 15. Qo‘lga kiritmoq, qozonmoq.
Obro‘ olmoq. Erkinlik olmoq. Darsdan a’lo baho oldim. Ilmiy daraja olmoq. Olqish olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir.
Maqol
O‘n besh kunlik sinovdan keyin traktorchi nomini oldik.
A. Qahhor, Xotinlar
16. 16. Ketkazmoq, yo‘qotmoq.
Chayonning zahrini chayon oladi.
Maqol
Fotihadan keyin Oftob oyim kuyovga qatiq olib chiqdi va Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay, ichingiz, yo‘l g‘uborini oladir, deb qistay boshladi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
17. 17. Qoplamoq, chulg‘amoq, o‘ramoq, tutmoq.
To‘qayni o‘t olgan. Kabobning hidi butun hovlini oldi. Meni isitma oldi.
▬
Sen bundan ketmaysan omon, o‘ngu so‘lni olsa tuman.
Yodgor
18. 18. Egallamoq, ishg‘ol qilmoq, band etmoq.
Royal ko‘p joyni oldi. Go‘ro‘g‘li kelib, falon shaharni olibdi, desa semirib, eshikdan ichkariga bazo‘r kiraman.
Gulixiromon
Mojaro ustiga Fosih afandi kirib qoldi. U to‘g‘ri ayvonga chiqib, mingboshining pinjidan joy oldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
19. 19. Qamashtirmoq.
Tong yorishib, qamish poyalari oftob tig‘ida lov-lov yonayotganga o‘xshab ko‘zni oladi.
S. Ahmad, Ufq
20. 20. Yetakchi fe’l sifatida ot turkumidagi so‘zlar bilan birikib, qo‘shma fe’l yasaydi, masalan,
amal olmoq, avj olmoq, alanga olmoq, bahra olmoq, bosh olmoq, yonini olmoq, yosh olmoq.
21. 21. Ravishdosh shaklida boshqa fe’llar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi, masalan
olib bermoq, olib bormoq, olib kelmoq, ola bilmoq, ola boshlamoq, ola kelmoq. Uzum suv olib qoldi.
22. 22.-i(b) affiksli ravishdoshlar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi va ish-harakatning o‘zi uchun bajarilganligini bildiradi, masalan
bilib olmoq, tortib olmoq, yetib olmoq, yig‘ib olmoq, sug‘urib olmoq, yoza olmoq, qila olmoq.