1. Qon rangidagi; qirmizi, alvon. Qizil muqovali kitob. Qizil ko‘ylak. Qizil qalam. Qizil olma. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik. Uning yuzidagi qizilga yana qizil qo‘shildi. Oydin, O‘zidan ko‘rsin
3. Vino. Siz har vaqt Jamol-boy akam bilan cho‘qishtirasiz, bizga jo‘ra bo‘ling, qizil iching! Oybek, Tanlangan asarlar
4. Oktyabr inqilobi, sho‘ro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan so‘z sifatida qo‘llangan. Qizil armiya. Qizil askar. Qizil to‘y. Qizil matbuot. Qizil choyxona. Qizil karvon. Qizil gvardiya.
1. oqi oq, qizili qizil: -
2. oqi oqqa, qizili qizilga ajralmoq: -
1. Gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi Ma’nosiga ko‘ra (rang darajasining ortib borishiga ko‘ra)
2. Qizg‘ish – qizil – qip-qizil Ma’nosiga ko‘ra (rang miqdorining oshib borishiga ko‘ra)