1. 1. Biror yerdan uzoqda, yiroqda bo‘lgan.
Olis joy. Olis qishloq.
▬
Axir bundan o‘n besh kun ilgari Umid yuk mashinasida Mirzacho‘ldagi olis sovxozga chiqib keldi.
Mirmuhsin, Umid
O‘spirinlar, olis manzilni ko‘zlagan sayyohlarday, safarga puxta hozirlangan edilar.
Yoshlik
Olis bir qishloqdan kelib, murakkab san’at yo‘lini tutib, uni puxta egallashning o‘zi katta jasorat.
Gazetadan
2. 2. Uzoq, davom etadigan; davomli, uzoq.
Olis yo‘l. Olis safar.
▬
Yo‘llar azobi endi unutildi, deganda yana olis safarga jo‘natib yuborishmoqchi.
S. Ahmad, Jimjitlik
3. 3. O‘tmishdagi, qadimgi.
Lekin tanimizda kezar-ku, beshak, Olis bobolarning ming yillik qoni.
A. Oripov, Yillar armoni