Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oldingi}
So‘z bo‘g‘inlari: ol-din-gi
Izoh(lar)i:
oldingi rv

1. Boshqalarga nisbatan oldinda, ilgarida turgan, old tomondagi; old tomonda joylashgan. Oldingi qator. Binoning oldingi xonasi. ▬ Qism qorong‘i tushguncha, dushmanni oldingi okoplardan surib chiqardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Nigora Qoplonga qaradi: it tumshug‘ini oldingi oyoqlari orasiga olib, bemalol mudrab yotibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Qirmizxon tushayotib, oldingi o‘rindiqdagi tugunni oldi. N. Aminov, Qahqaha

2. Ilgari bo‘lib o‘tgan; avvalgi, burungi. Tarixdan oldingi davr. Oldingi to‘rt yil ichida erishilgan muvaffaqiyatlar. ▬ Salimjon bundan bir necha yil oldingi qiziqarli voqealarni eslatib, davraga iliqlik kiritdi. Sharq yulduzi

3. ko‘chma hma Biror ishda hammadan oldinda boruvchi; peshqadam. Mamlakatimizning oldingi kishilari. ▬ Mirzakarimboy Toshkentning eng oldingi boylaridan. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: keyingi
Sinonim(lar)i: avvalgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. oldingizdan o‘tavermoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.