1. 1. Ketma-ketlikda oldingidan keyin turuvchi, navbatdagi.
Oldingi arava qay yo‘ldan yursa, keyingi arava ham shu yo‘ldan yurar.
Maqol
Ra’no keyingi misrani o‘qib, o‘ylanib qoldi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
U [Yo‘lchi] ko‘zlagan joyiga tezroq yetishga oshiqib, o‘tkinchilardan so‘rar edi: — To‘pqayrag‘ochga yaqin qoldimi? — Hali bor. Ko‘prikdan keyingi guzar.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Ket tomondagi, orqadagi.
Aravaning keyingi g‘ildiragi. Otning keyingi oyoqlari.
▬
Shoh [pashsha] keyingi oyoqlari bilan qanotining ustini siladi.
A. Qahhor, Bashorat
3. 3. Oxirgi, so‘nggi.
G‘ulomjon keyingi vaqtlarda tanholikka mayl bog‘lab, mullavachchalar suhbatidan o‘zini tortadigan bo‘lib qoldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Keyingi yangi modellar ichida yoshlarning sport kostyumi bo‘lib, bunga besh qirrali faxrli belgi berildi.
Gazetadan
4. 4. Yaqinda paydo bo‘lgan, yangi.
Toshkentlik mashhur bir boyning xasisligi haqida keyingi, hali hech kimning qulog‘iga chalinmagan latifalar suhbatga rang berib turar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar