Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {olam} - on
So‘z bo‘g‘inlari: o-la-mon
Izoh(lar)i:
olam ot

1. Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo. — Ayb mening o‘zimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. — ▬ Olam bino bo‘lgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga — tuhmat bo‘lib kelgan. S. Ayniy, Doxunda

2. Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalqlar Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur. ▬ Hakimboyvachchaning ovozasi olamni tutadi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Tabiatda mavjud bo‘lgan narsalarning alohida bir to‘pi, dunyosi. O‘simliklar olami. ▬ Titrash o‘simlik olamiga ham halokatli ta’sir etadi. Fan va turmush

4. O‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, maslagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.

5. Odamning ma’naviy, ichki dunyosi; o‘ziga xosligi. Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisalarning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmog‘im lozim bo‘ladi. O‘TA

6. Biror soha, jabha. Ilm olami. Siyosat olami. U ▬ endi Salimxondan ko‘p so‘zlaydi, hatto Salimxonni siyosat olamiga sudraydi. A. Qahhor, Sarob
Fan olamida yangilik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. S. Karomatov, Oltin qum

7. din. in. Bu dunyo; mavjud dunyo. Olamdan o‘tmoq. ▬ Qutbinisa onasi olamdan o‘tgandan buyon endi ohorli kiyim kiyishi edi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: dunyo [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.