1. Qornida, me’dasida ovqat qolmagan, ochiqib, ovqat tusab qolgan, ochiqqan.
Bir so‘mga o‘zi non-choy olib ichdi-da, och qornini bir qadar ovutdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ochlik holati.
Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal-taqal qilib turibdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Ingichka, kichik (teshikka nisbatan kichiklik-ingichkalik qilgan sop, val va shu kabilar haqida).