1. Boshqalar ergashsa, taqlid qilsa arziydigan ish yoki harakat namunasi.
O‘rnak bo‘lmoq (ko‘rsatmoq). O‘rnak olmoq. Sakkiz qavat ko‘rpada oyog‘ini uzatib yotgan keksalarning bel bog‘lab, dalaga chiqishi —
▬
boshqalarga o‘rnak.
I. Rahim, Chin muhabbat
Shunday og‘ir, mas’uliyatli paytlarda komandirning shaxsiy jasorati va o‘rnagi bir onda yuzlarcha odamlarni qanoatlantiradigan qandaydir sehrli bir kuchga ega ekaniga aslo shubha qilmasdi.
Oybek, Quyoshqoraymas
Serjant mehnatda qanday o‘rnak bo‘lgan bo‘lsa, jangda ham jangchilarga o‘rnak bo‘lyapti.
I. Rahim, Chin muhabbat