Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ibrat}
So‘z bo‘g‘inlari: ib-rat
Izoh(lar)i:
ibrat [ib-rat ]

1. Namuna, o‘rnak bo‘ladigan ish, xatti-harakat va shu kabilar Bola tarbiyasida ota-onaning ibrati, ayniqsa, bebaho. Gazetadan◆

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘rnak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ishoqxon Ibrat – ma’rifatparvar shoir, atoqli tilshunos, o‘zbek tili grafikasi, leksikografiyasi tadqiqida munosib hissa qo‘shgan yetuk olim. 1862- yili Toshkentda tavallud topgan.O‘zbek xalqining sharq va g‘arb tillarini o‘rganishini osonlashtirish yo‘lida tinmay izlanishlar olib bordi. Arab, fors, hind, turk, o‘zbek, rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan olti tilli «Lug‘ati sitta al-sina» (1901) lug‘atini yaratib, ko‘p tilli lug‘atlar tuzishda ilk qadamni qo‘yib berdi. Lug‘at mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan, unda o‘zbekcha so‘zlarning qarshisida arab, rus, fors, turk va hindcha tarjimasi berilgan.

Ishoqxon Ibrat tilshunoslikning murakkab sohasidan biri – yozuv tarixi bilan shug‘ullandi. Uning piktografik yozuvdan to shu kungacha ishlatilgan yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan «Jome’-ul xutut» (Yozuvlar majmuasi) asari o‘zbek grafikasining muhim yutug‘i. Ushbu asarda muallif nafaqat o‘zbek yozuvi, balki eramizdan 2000 yil ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklari, Kipr orolidan topilgan yozuv qoldiqlari, yahudiy, arab, suriya yozuvlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi.

  1932- yilda vafot etgan.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.