1. 1. Bilim, kasb, ish va shu kabilarni o‘zlashtirmoq, egallamoq, bilib olmoq.
Birovdan ish o‘rganmoq. Shaxmat o‘yinini o‘rganmoq. Hunar o‘rganmoq. Oz-ozdan o‘rganib olim bo‘lar.
Maqol.
Ishni oddiy betonchilikdan boshlagan o‘smir asta-sekin kerakli kasblarning hammasini o‘rganib oldi.
Gazetadan
O‘tgan yarim asrlik murabbiylik davrim men uchun ham katta hayot darsxonasi bo‘ldi, ko‘p narsa o‘rgandim.
Gazetadan
2. 2. Siri, mohiyati, mazmuni va shu kabilarni aniqlash, belgilash maqsadida tekshiruv, kuzatuv, tahlildan o‘tkazmoq.
Bu dalillarni sinchiklab o‘rganib, Quyoshning nisbatan tinch paytida kosmik nurlanish yerdan uzoq joylarda kishi uchun xavfli bo‘lmasligi kerak, degan xulosaga kelish mumkin.
Fan va turmush
Sibirlik arxeologlar trassa bo‘ylab qazishmalar chog‘ida chiqqan tosh asr qurollarini o‘rgandilar.
Gazetadan
respublikamizdagi qadimiy konlarga doir adabiyotlarni ikki-uch yildan buyon sinchiklab o‘rganayotgan edi.
S. Karomatov, Oltin qum
3. 3. G‘ayritabiiy, noqulay kabi tuyilmaydigan holga aylanmoq, shunday sezilmoq, qabul qilmoq.
Xalq bunga haqli edi, chunki bunday tinchsizliklarni ko‘ra-ko‘ra juda o‘rganib qoldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bular orasidagi betakalluf muomala va munosabatga odamlar o‘rganib qoldi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. 4. Odat qilmoq
O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas.
Maqol
To‘qqizinchiga o‘tguncha ichishni, chekishni o‘rgandim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
5. 5. O‘zini yaxshi aloqada tutmoq, moslashmoq, bog‘lanib (o‘ziniki bo‘lib) qolmoq.
Bu to‘riq menga juda o‘rgangan.
Mirmuhsin, Me’mor
Xola bir-ikki kun ichida yangi sharoitga o‘rgandi, qo‘shnilar bilan tanishdi.
Guldasta