Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘n} - ik - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-nik-moq
Izoh(lar)i:
ko‘n fl

1. Biror ish, iltimos, shart, talab va shu kabilarga rozi bo‘lmoq; xo‘p demoq, unamoq. Maslahatga ko‘nmoq. Ganga ko‘nmoq. Shartga ko‘nmoq. ▬ Uni tashlab, bir tuya bilan ketishga tuyachilar ko‘nmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U qizining bunchalik tez ko‘nib, rozilik berganidan juda-juda xafa ko‘rinardi. N. Fozilov, Diydor
Yigit ko‘nsa, ichkuyov qilaman, ko‘nmasa, qizimning baxtiga zomin bo‘lmayman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Qanoat qilmoq, ko‘nikmoq. Ozga ko‘nmoq. Boriga ko‘nmoq. Qiyinchiliklarga ko‘nmoq. ▬ Keyin, ish bilan ovora bo‘lib, ko‘nikib ketarman Odam bolasi nimalarga ko‘nmaydi? P. Tursun, O‘qituvchi
Quloq solgin cho‘ponning nolishiga, Yigit ko‘nar, savdo tushsa boshiga. Alpomish

3. Yig‘i, xarxashadan to‘xtamoq; ovunmoq (yosh, go‘dak bolalar haqida). Marhamat obdan yig‘ladi. Yuz-ko‘zlarini, sochini, muzdek oyoq-qo‘llarini silab ovutaman, qani ko‘nsa-chi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kun – Quyosh, oftob; bir sutkalik vaqt, quyosh chiqqandan botguncha muddat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.