1. 1. Pushaymon bo‘lmoq, afsus qilmoq (asosan, o‘z ishi, qilmishidan). Bahodir nojo‘ya harakati bilan Oqilani xijolatga qo‘yganidan qattiq o‘kinar, lekin ish o‘tgan edi. M. Jaloliddinova, Keyinroq U Umurzoq, ish bilan ovora bo‘lib ketib, kechadan beri uyga kelolmaganidan o‘kindi, o‘z-o‘zini beparvolikda koyidi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar Darbadarlikdan, o‘zimning simobday beqaror sayoqligimdan juda o‘kinar edim. G‘. G‘ulom, Shum bola
2. 2. Umuman, xafa bo‘lmoq, kuyinmoq. Adolat frontdan xat kelganiga xursand bo‘ldi. Xursand bo‘ldi-yu, Normatni, Olimjonni eslab o‘kindi. I. Rahim, Chin muhabbat Uning hazillashib biron so‘z aytmaganiga qiz xursand bo‘ldi, lekin shu bilan barobar, kutilmagan beparvoligiga o‘kindi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
1. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq Ma’nosiga ko‘ra (ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)
2. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)