Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {afsus} - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: af-sus-lan-moq
Izoh(lar)i:
afsus

1. O‘kinish, achinish tuyg‘usi; pushaymon. Qo‘rquvdan katta-katta ochilgan ko‘zlarida afsus va mehrga o‘xshash bir ifoda jonlandi. S. Zunnunova, Olov
Nadomat nimaga va afsus nechun? Olamda neki bor, o‘char beshafqat. A. Oripov, Yillar armoni

2. mod.s. Narsa-hodisaning xohish-istakka zidligini, so‘zlovchining shunday munosabatini bildiradi. Bekor ketdi, afsus, shuncha urinish. A. Sher, Qadimgi kuy
Birodarim bilan topishdim-ku, deb o‘ylagan edi, afsus, quvonchiga qor yog‘di. S. Anorboyev, Hamsuhbat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.