Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ber} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: nom ber-moq
Izoh(lar)i:
ber fl

1. 1. Qo‘liga tutqizmoq; qo‘liga yoki ixtiyoriga topshirmoq. Berganning betiga qarama. Maqol
Olmoqning bermog‘i bor. Maqol
Haligi xatni u tanaffusga chiqqanda Rustamga bermoqchi edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Viktor ham ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashgach, qo‘liga telegrammani berdi. S. Karomatov, Oltin qum

2. 2. Ehtiyojini, talabini qondirmoq; yo‘q narsa bilan ta’minlamoq. Ekinga suv bermoq. Molga xashak bermoq. Qurilishga mablag‘ bermoq. Bola yig‘lamasa, ona sut bermas. Maqol
Qurilish tresti unga yotoqxonadan joy berdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bandaning rizqini ollo beradi. K. Yashin, Hamza
Boyning qiziga rahmi kelib, unga non beribdi. Bulbuli go‘yo
Qo‘sha qarindoshlar, yaxshi farzandlar bersin. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Sherigim unga bir stakan suv berdi. A. Qahhor, Asarlar
Quryoz aka shuni kutib turganday: — Men qo‘ylarga tomoq beray, — deb qo‘zg‘aldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. 3. Baxsh etmoq, bag‘ishlamoq; ruhiy holat, kayfiyat, ko‘rinish paydo qilmoq. Musiqa dillarga orom beradi. Sayohat gashti, tog‘lar o‘rkachi, rango-rang tabiat ko‘zlarni yashnatib, dillarga orom beradi. Gazetadan
Mansur akalarcha mehribonlik bilan Gavharning yelkasidan tutib, dalda berdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[Nuri] Gulnor to‘g‘risida so‘zlaganda, tovushiga sirli ohang berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uning [Kumushning] nafis qora sochlari orqa-o‘ngiga to‘zg‘ib, ajib bir manzara berdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Biror muassasaga o‘rnashtirmoq, kiritmoq, Bolani bog‘chaga bermoq. O‘g‘lini o‘qishga bermoq. Boshqa biror hunarga bersak bo‘lmaydimi? E. Raimov, Ajab qishloq
Bir o‘g‘limni Xadradagi o‘ris maktabiga berdim. Oybek, Tanlangan asarlar
Men Marusyaga tayinlab qo‘ydim, ertadan boshlab bog‘chaga ber. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Mahsulot yetishtirib, tayyorlab yetkazib turmoq; o‘z mahsuli bilan ta’minlamoq. Bu xalq xo‘jaligiga nima beradi? Qishloq xo‘jaligi aholiga oziq-ovqat, sanoatga xom ashyo beradi. Etak-etak paxtani ikki qo‘llab terganman, Gektaridan yuz-yuzlab paxta beray deganman. Qo‘shiqlar

6. 6. Nashrga kiritmoq, bosmoq, e’lon qilmoq; eshittirmoq; ko‘rsatmoq. Maqolangizni kelgusi sonda beramiz. Konsert bermoq.

7. 7. Ayrim otlar bilan qo‘shma fe’l yasaydi; masalan: ahamiyat bermoq, bardosh bermoq, javob bermoq, boy bermoq, joy bermoq, zarba bermoq. O‘n bir kishi qarshi ovoz berdi. Sharq yulduzi
U ko‘prikdan o‘tib, katta yo‘lga chiqqanidan so‘ng otga qamchi berdi. A. Qahhor, Asarlar
Mana, seni deb qanday balolarga bardosh beryapman. K. Yashin, Hamza
Quruq odamlar kiyimga zo‘r beradi, deganlari bejiz emas ekan. F. Musajonov, Himmat
Hayo qaysi narsada bo‘lsa, unga ziynat beradi. Fan va turmush
Quloqlarida uch kalima so‘z o‘rin talashib, aks sado berdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

8. -(i)b i)b Ko‘makchi fe’l vazifasida affiksli ravishdosh shaklidagi yetakchi fe’l bilan birikadi va:

9. 9. 1) harakatning birov, o‘zga uchun bajarilganligini ifodalaydi. Yangangga ayt: ilikdan osh qilib bersin. Guldasta
Endi ishingga qara, bolam, ertaga ko‘ylak tikib beraman. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Men bo‘lgan voqeani aytib berdim. T. Ashurov, Oq ot
Tutning ustiga chiqib qoqib berdim. S. Zunnunova, Olov
Bu choldan har balo kutsa bo‘ladi. Uni hukumatga tutib berish kerak. P. Tursun, O‘qituvchi

10. 10. 2) yetakchi fe’ldan anglashilgan ma’noni kuchaytirib ifodalaydi. U qo‘lini siltab baqirib berdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Qambaralidan eshitib ishonmadi va ikkalovini ham so‘kib berdi. A. Qahhor, Asarlar
Zulayho opamlar urishib beradilar. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

11. -a .-a-y Ko‘makchi fe’l vazifasida affiksli ravishdosh shakllaridagi yetakchi fe’llar bilan birikib kelganda, ko‘pincha-ver shaklida talaffuz qilinadi va quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

12. 12. 1) yetakchi fe’ldagi harakatning bajarilishi uchun qarshilik, monelik yo‘qligini, u bemalol bajarilishi mumkinligini anglatadi. Qatiqlamasdan kosalarga suza ber. A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy
Bahuzur o‘tira ber, charchagandirsan? U. Ismoilov, Saylanma

13. 13. 2) yetakchi fe’ldagi harakatning davomliligi, takroriyligini bildiradi. U suv tashib, xumlarga quya berdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
O‘limdan boshqa hamma yaxshilikning barvaqt kelgani ma’qul, deb ona-bola izg‘iy berdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
Sening mushtingni yeya berib, jonimda jon qolgan emas. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Hadeb katta shaharda yashay berish ham odamni diqqinafas qilib yuboradi. T. Ashurov, Oq ot

14. 14. Yetakchi fe’l sifatida qo‘shma fe’llar tarkibiga kiradi, masalan: berib tur, bera qol, berib yubordi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: atamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.