1. Naqd pulsiz, pulini keyin to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi; kredit.
Jahon ota allakimning boqib qo‘ygan qo‘zisini nasiyaga olib keldi.
R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
2. Shunday savdo muomalasiga muvofiq to‘lanadigan pul, qarz.
Endi gap shu: oyoqni qattiq tirang. Qozoqlardan nasiyani tezroq undiring, durustmi?
Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma s. t.Darhol bajarilmaydigan, qilinmaydigan, berilmaydigan.
Kirib tarvuzni qo‘liga beraman-u, salom-alikni nasiya qilib, quyon bo‘laman.
S. Ahmad, Saylanma
4. Amalga oshmaydigan ish; puch, xom gap.
Mirzakarim Masturaga: Kel, nasiya savdoni qo‘y, naqddan gapiraver!Hamza, Tanlangan asarlar
Hamza, Tanlangan asarlar