Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {naqd}
So‘z bo‘g‘inlari: naqd
Izoh(lar)i:
naqd [naqd ]

1. Qo‘lda, ixtiyorda bor, foydalanish yoki muomalaga kiritish uchun tayyor. Bo‘ldi, adash, bo‘ldi! — dedi Kolyaning oldiga borgan Qudrat do‘ppisini osmonga tashlab. — Ruxsat arava ham naqd!. Nazir, So‘nmas

2. Aniq, hal bo‘lgan, tayyor. Fotima: O‘qishga kirishi naqdga o‘xshaydi. Peshonam qursin seni katta qilib berganim kam ekan, endi bolasini ham katta qilib beraman, shekilli. A. Qahhor. Asarlar.

Antonim(lar)i: nasiya
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: naq – [a] Xuddi, aniq, ayni; o‘zginasi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.