1. 1. Adabiy-badiiy, ilmiy, musiqiy asarlar va boshqalarning boshlanish qismi; kirish, debocha.
Kitobning muqaddimasi, Muqaddima bermoq.
▬
Bu xil muqoyasaga Istambulda nashr etilgan Fuzuliy devoniga yozilgan muqaddimani misol qilib ko‘rsatish mumkin.
O‘TA
2. 2. Gap va nutqda asosiy maqsadga ko‘chishdan oldin aytilgan so‘zlar, gapning daromadi.
Bo‘taboy qisqacha bir muqaddimadan keyin majlisni ochib, binokorlik brigadasining boshlig‘i To‘laganga so‘z berdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mehmon gapning muqaddimasini yaxshigina boshlagan, endi biror yo‘l topib, asli muddaoga o‘tishi kerak edi.
S. Ayniy, Doxunda
3. 3. Biror ishning boshi, dastlabki bosqichi, debochasi.
Kumushning erdan chiqqan xabarini Kumushning o‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqa sovchilarning muqaddimasi edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar