Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kirish}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-rish
Izoh(lar)i:
kirish fl

1. 1. Kirmoq fe’lining birgalik nisbati. O‘quvchilar sinfga kirishdi. Bular talay yergacha emaklab, talay yergacha bag‘irlab borgandan so‘ng, butazorga kirishdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. 2. Biror ish-harakatni bajarishga boshlamoq. Bu ishga yaqinda kirishdik. O‘qishga astoydil kirishdi. Otabek ortiq chidab turolmadi-da, ro‘moli bilan ko‘zini yashirib, yig‘lamoqqa kirishdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Men tug‘ilgan fikrni darhol yozishga kirishmayman. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

3. 3. Kishilar bilan yaqin munosabatga o‘tmoq, aralashib, qo‘shilib ketmoq. U [Saidiy] birmuncha Sharif singari tanishlar orttirdi, ammo bular bilan kirishib ketolmas, bu yangi doirada o‘zini musofirday sezar edi. A. Qahhor, Sarob
Uning qizi Gulnor, oshpaz Anorboylar ham kolxoz hayotiga kirishib ketishadi. Mushtum

4. 4. Bir-biriga tutashmoq, yopishmoq. G‘o‘za o‘sib ketibdi. Shoxi shoxiga kirishib ketibdi. I. Rahim, Ixlos
Tishlari tushib, jag‘i jag‘iga kirishib ketgan katta buvisi hassasini taq etkizib urdi-yu basharasini tirishtirib shanqiy boshladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U yo‘l-yo‘l galstugini tortibroq qo‘ygan edi, ko‘ylagining keng yoqasi bir-biriga kirishib, galstugining tuguni ko‘rinmay qoldi. S. Anorboyev, Mehr

5. 5. Issiq, sovuq yoki nam ta’sirida qisqarmoq (mato haqida). Hozir yuvganda kirishmaydigan, dazmol qilinmaydigan, kiyish uchun qulay matolarning xili ko‘p. Gazetadan

6. 6. Belgilangan maqsaddan boshqa narsaga sarf bo‘lmoq (pul, mablag‘ haqida). Sayohatga atalgan pul uy remontiga kirishib ketdi. Sening o‘n so‘ming menga kirishdi.

Antonim(lar)i: epilog , xotima
Sinonim(lar)i: muqaddima [a]

1. kirish I fikr manbai
bajarishni boshlamoq

2. kirish II Ot
kirish joyi, darsning boshlanish vaqti, ta’lim maskaniga qabul qilinish

Paronimi: mavjud emas.

Kirishso‘zlovchining bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z, birikma va gap.Munosabat so‘z bilan ifodalansa,kirish so‘z, so‘z birikmasi bo‘lsa,kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so‘z va kirish birikma asosan modal so‘z bilan ifodalanib, quyidagi ma’noni bildiradi: 1) “ishonch/tasdiq”: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so‘zsiz;2) “gumon”: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin;3) “shodlik/achinish”: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus;4) “bayon qilingan fikrning kimga qarashliligi”: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha;5) “bayon qilingan fikrning tartibi”: birinchidan, ikkinchidan...6) “bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi”: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan;7) “bo‘lishli/bo‘lishsizlik”: ha, yo‘q, mayli, to‘g‘ri.Kirish so‘z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o‘rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi: Nihoyat, ular jo‘nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko‘rinmaydi, shekilli. Kirish gap so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrga qo‘shimcha mulohazasini bildiradi. Kirish gap asosiy fikrni to‘ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. U, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.Kirish gap yoyiq bo‘lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: 1. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi) ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. 2. Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo‘lgan bo‘lsa kerak – qorong‘i edi.Kirish gapning tuzilish turi: a) bir bosh bo‘lakli: U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman;b) ikki bosh bo‘lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmidan bahramand qildi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.