Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {motam}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-tam
Izoh(lar)i:
motam ot

1. 1. Yaqin yoki mo‘tabar kishining o‘limi tufayli yuzaga kelgan qayg‘uli holat; azadorlik va shu munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan ma’raka, ta’ziya, rasm-rusmlar (qora kiyish, bayram qilmaslik va shu kabilar). Motam bayrog‘i. Motam libosi. Motam majlisi. Motam marshi, Akasining dardi bilan to‘lgan qalbi uchun, yaqindagina o‘lgan onasining motami o‘z keskinligini bir daraja yo‘qotgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Hamza o‘ldirilgan. Shohimardonda motam edi. N. Safarov, Olovli izlar
Muzaffar zotlarga motam nojoiz, Ularning haqqidir faqat iftixor. A. Oripov

2. ko‘chma hma Qattiq tashvish, qayg‘u-alamli holat. Qaynataning Gulnorga ushanish niyati ular uchun katta motam bo‘ldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aza [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. motam tutmoq: motam holatida bo‘lmoq, shunday holatni kechirmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.