Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {monand}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-nand
Izoh(lar)i:
monand sf

1. kt. kt. 1 ayn. o‘xshash. O‘lkamiz jannatga monand. G‘. G‘ulom
Misoli yo‘q latofatda muloyim gul badanlarda, Takallum qilsalar monandi yo‘q shirin suxanlarda. Habibiy

2. 2. Mos, muvofiq. Brigada a’zolaridan yana biri ismi jismiga monand Barno Hojiyevadir. F. Nurullayev, Bo‘z yigit
Orif otaning o‘zini yosh yigitlardek tutib, gapga monand muqom qilishlaridan kulishardi. R. Fayziy, Hazrati inson

3. {b.k. s. bilan) ko‘m. vzf. zf. O‘xshatish, qiyos bildiradi; kabi, o‘xshab. Qotillik ham qilay mayli Otello monand. A. Oripov, Yillar armoni
Biri yulduz monand, biri oy monand, Kelur ustozlarim chaqnab, yaraqlab. Mirtemir, O‘ylar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: loyiq [a], o‘xshash
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.