1. 1. Oldindan ko‘zlab, o‘ylab qo‘yilgan ish, narsa; reja. Bu yilgi mo‘ljal — gektaridan 45 sentnerdan. ▬ Ravshanning mo‘ljali — bir kecha tunash, tong otmay Zubayda bilan xayrlashadi. Yoshlik Hozir ham havoning avzoyi buzildi-yu, mo‘ljaldagi ishini tugatolmay, diqqati oshdi. S. Karomatov, Oltin qum.
2. 2. Chama, taxmin. Latofatning mo‘ljalida Shahob bugun komandirovkadan qaytgan bo‘lishi kerak edi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar. Mo‘ljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak ehtimol. Mirmuhsin, Me’mor
3. 3. Nishonga olingan yoki olinadigan narsa; nishon, qora. Mo‘ljalga urmoq. ▬ Pulemyot og‘zidan tinimsiz uchib borayotgan o‘qlar to‘ppa-to‘g‘ri mo‘ljalga borib tegar qalin shoxlarni sindirib o‘tardi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
1. mo‘ljal qilmoq: mo‘ljallamoq