Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamchil}
So‘z bo‘g‘inlari: kam-chil
Izoh(lar)i:
kamchil sf

1. Kam topiladigan, ehtiyoj, talabga nisbatan kam. Kamchil mol. Suv kamchil. Ishchi kuchi kamchil. ▬ Mahalliy sanoat ministrligiga qarashli sexlar ochilib, unda kamchil shirinliklar tayyorlana boshlagan edi. M. Parpixo‘jayev, Shirasiz shirinliklar
Yusupov bugun bu soydagi qo‘tonga boradi, erta u soydagi otarga. Yem-xashak kamchil. M. Hazratqulov, Jur’at

Antonim(lar)i: serob [f], ko‘p , mo‘l
Sinonim(lar)i: kamob [f-t], tanqis [a], taxchil
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.