Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {miya}
So‘z bo‘g‘inlari: mi-ya
Izoh(lar)i:
miya ot

1. 1. Odam va ba’zi hayvonlar nerv sistemasining markaziy bo‘limi; odamda — tafakkur a’zosi. Bosh miya. Orqa miya. Miya qobig‘i. Miya kasalliklari. Uning [ Japaqning] Aytishlariga qaraganda, miyam chayqalgan emish. Gul-dasta
miyasida go‘yo hech qanday o‘y, fikr yo‘q edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

2. 2. Odam va umurtqali hayvonlar suyagi bo‘shliqlarini to‘ldirib turuvchi to‘qima (ko‘mik).

3. 3. Ko‘chma Aql, ong. Miyasi bor kishi. Miyasi butun odam, [Zunnunxo‘ja:] Miyang bormi o‘zi, Sidiqjon kolxozga kirgani bilan yer kolxozga o‘tib ketmaydi, o‘rtada bo‘ladi! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. s. t. t. Boshning qoq tepasi; bosh, kalla. Miyasiga mushtlamoq. To‘ravoy dushmanning birining ko‘ksiga nayza sanchib, ikkinchisining miyasiga qo‘ndoq bilan urdi. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aql [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Metonimiya (metonimia– «yangi nom qo‘yish», «nomni o‘zgartirish», «qayta nomlash») –bir narsa va hodisaning nomini makon va zamondagi o‘zaro bog‘liqligi asosida ikkinchisiga ko‘chirish usulu. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqeahodisaning nomini aytganda shunga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda o‘xshashlik nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda, ikkita birbiriga bog‘liq predmet, belgi, holatdan birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi. Mas., Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi (H.Olim.) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo‘limga) bir-biriga bog‘liq, tejash uchun kitob so‘zi tushirib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so‘zi shaxs ma’nosini emas, kitobso‘ziga xos ma’noni ifodalagan. Metonimiya turli ko‘rinishda bo‘ladi: 1)  o‘ringa munosabatiga ko‘ra: bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim, qishloq uyquda; 2) vaqtga ko‘ra: o‘nga(yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi; 3) muallif va asar orasidagi munosabatga ko‘ra: Pushkinni (asar) o‘qidim va hokazo. Metonimiya asosidagi ko‘chma ma’no – fikrni lo‘nda va ta’sirchan bayon qilish vositasi.

1. ahamiyat bermoq: zarur, foydali deb qarab diqqat qildi

2. hamiyatiga tegmoq: hamiyat

3. miyasi aynidi: fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

4. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

5. miyasi qotdi: o‘ylayverib gangidi

6. miyasida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi

7. miyasidan kechdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

8. miyasidan o‘tdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

9. miyasiga keldi: o‘yladi, idrok qildi, fahmladi

10. miyasiga qurt tushmoq: miyasi aynimoq

11. miyasini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

12. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

13. miyasini qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

14. miyasini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

15. quloq–miyasini yedi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

1. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )

3. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.