1. 1. Narsalarning ta’m-lazzat bilish a’zolariga ta’sir etib, sezgi uyg‘otish xususiyati; ta’m, lazzat.
Nordon maza. Olmaning mazasi. Mazasini totib ko‘rmoq.
▬
Uzi shirin, to‘qligina, mazasi ham totligina (topishmoq:
shaftoli).
2. 2. Qanoat hissi, ruhiy zavq, lazzat, rohat.
Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.
G‘. G‘ulom
3. sft. ft. Mazali, shirin.
Jarkop, shavla, kichiri — Biri-biridan maza. Xolam qo‘li gul toza.
Q. Muhammadiy
4. und. s. s. Qoniqish, rohat hissini bildiradi.
— Eh, maza, maza! — deb Popuk sevinchidan quyonday dikang-dikang sakradi. H. Nazir, Yonar daryo. Haligi irjaygan odamning ko‘ngli chopdimi, so‘lakayini oqizdi: — Mazza!
Mushtum.