Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {manzil}
So‘z bo‘g‘inlari: man-zil
Izoh(lar)i:
manzil ot

1. 1. Safarda, yo‘lda to‘xtab o‘tiladigan, qo‘nib turiladigan yoki yetib borish mo‘ljallangan joy. Bir necha minutdan keyin qiz bilan yigit manzilga yaqinlashdilar. S. Ayniy, Doxunda
Shahristonga hozirgina kirib keldim. Tunamoqqa manzil istayman. Q. Mirzo, Olam go‘zal

2. ko‘chma. ma. Kurash, harakat natijasida erishilishi mo‘ljallangan marra. Manzilga yaqinlashgan sari, sezgimiz o‘tkir, qilichimiz keskir bo‘lishi lozim. Uyg‘un, Navbahor

3. 3. Yo‘lning bir to‘xtash joyidan ikkinchi bir to‘xtash joyigacha bo‘lgan masofa. Bir manzil, ikki manzil yo‘l yurib borayotir edi, oldidan bir kampir chiqdi. Ravshan

4. 4. Turarjoy, istiqomatgoh. Birdan pastdan, tog‘ qazuvchilar manzilidan shodiyona qichqiriqlar ko‘tarildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adres [r<fr]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.