1. Biror kishi yoki tashkilot o‘rnashgan joy, manzilning nomi va b. belgilari (uy yoki kvartira raqami va h.k.) majmuining qaydi.
Menga adresingizni bering, kolxozga o‘zim xat yozaman, uyingizdan xabar olishadi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. Pochta orqali yuboriladigan narsalar ustidagi ularning boradigan joyi va oluvchining nomi ko‘rsatilgan yozuv.
Uning [Zamiraning] nomiga g‘alati bir konvert chiqdi: na adresi bor, na markasi va na pochta muhri.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. Nomiga, sha’niga tegishlilikni bildiradi.
Mening adresimga aytilgan barcha gaplarni xalq sha’niga aytilgan gaplar deb hisoblayman.
Oybek, Xalqqa xizmat — baxt
4. Biror tantana munosabati bilan muassasa, tashkilot yoki ayrim shaxs nomiga yuborilgan, odatda, papka va sh.k. narsa ichiga solingan tabriknoma; yodnoma.