1. 1. Talab-istakka to‘g‘ri keladigan; maqbul.
Ma’qul ish. Ma’qul gap. Ma’qul fikr.
▬
Kompleks loyihalar hozir serob. Ma’qulini tanlaysiz, quraverasiz.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Nizomiddinov ishni bir yoqlama olib boryapti. Shu odamning ishi menga unchalik ma’qul emas.
S. Ahmad, Hukm
2. 2. (kesim vazifasida yoki tarkibida) Yaxshi, durust.
Yoki o‘zini ko‘rmasdan, g‘oyibona sevib yurganim ma’qulmikan?
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Nonushta qila-yotganimizda, mana bu cho‘qmorni unga aytib qo‘yganimiz ma’qul.
Mirmuhsin, Me’mor
3. 3. Ma’qullash, rozilikni bildiradi: yaxshi, durust, xo‘p.
Ma’qul, ma’qul, boy ota, shoyad davlatingiz kam bo‘lmasin!
Oybek, Tanlangan asarlar
Erta bilan yo‘lga chiqaylik. — Ma’qul, — dedi Me’mor.
Mirmuhsin, Me’mor
4. 4. Gap-so‘zni qaytarmaydigan; yuvosh.
Bashorat xola qarshisida opasini xunob qiladigan yengiltak Olimjon emas, balki og‘ir tabiatli, mo‘min, ma’qul va es-hushli, butunlay boshqa bir bola turganday edi.
A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar