1. 1. Hamma yoki tegishli kishilar biladigan, oshkor, ayon.
Ma’lum narsa. Ma’lum joy.
▬
Qorailon faqat ikki kishiga ma’lum: ularning biri — Mirzo, ikkinchisi — Shoh Malik tarxondir.
Mirmuhsin, Me’mor
Bu vazifani bajarish benihoya og‘ir bo‘lajagi razvedkachilarning axborotlaridan ma’lum edi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
2. mat. at. Oldindan berilgan, mavjud.
Ma’lum sonlarni noma’lumlardan ajratish.
3. 3. Belgili, muayyan.
Oradan ma’lum muddat o‘tib, darvozaning so‘naqaysiz taqillashidan [Hasanali] cho‘chib uyg‘ondi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Urf-odat va an’ana, go‘yo jadvalga yozilgandek, ma’lum tartib bilan davom etdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. 4. Mashhur, nom chiqargan.
Ma’lum odam.