1. Kimligi, nimaligi aniq ma’lum bo‘lmagan, aniqlanmagan.
Noma’lum kimsa yo‘lakning qorong‘i qismiga o‘zini olib, ko‘zini Sayfidan uzmay tura boshladi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Hali hech kim bilmaydigan; jumboq, sirli.
Xorazmiyning boshlang‘ich ta’limi va qanday sharoitda Xorazmni tashlab ketganligi hozircha fan uchun noma’lum.
Fan va turmush
3. mat.Matematik yo‘l bilan topilishi zarur bo‘lgan miqdor, kattalik.
Ma’lumlarni noma’lumlardan ajratmoq.
Gazetadan