1. 1. Yoz bilan qish o‘rtasidagi fasl, Kech kuz. Kuzga yaqin. Shu orada yasharkan Bir badavlat — boy xo‘roz, Rohat umr ko‘rarkan Kuz-u qish-u bahor, yoz. Z. Diyor. ▬ Deraza oldidagi tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. S. Karomatov, Oltin qum
2. ko‘chma hma Davrning, masalan, kishi hayotining, umrning oxirgi damlari. Kimdir shoshilib javob qaytardi: — Bu gal uning [dushmanning] kuzi keladi. N. Safarov, Komissar Qoraboyev Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz o‘tib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
1. Bahor – yoz – kuz – qish Ma’nosiga ko‘ra (fasllar ketma-ket almashishiga ko‘ra)