1. Yildagi to‘rt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; ko‘klam (yilning mart, aprel, may oylariga to‘g‘ri keladi).
Erta bahor. Bahor quyoshi. Bahor shamoli. Daryo suvini bahor toshiradi, Odam qadrini mehnat oshiradi.
Maqol

2. Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chog‘lar ramzi.
Umr bahori. Hayot bahori. Sevgi bahori. Yaxshi xotin — hamisha bahor.
Maqol
2. Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chog‘lar ramzi.
Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz o‘tib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon!
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
3. Umrning ma’lum qismi, muddati, yoshi.
Bizning Narzimiz o‘zining yigirmanchi bahorini xuddi shu Moldaviya yerida qarshi oldi.
N. Safarov, Olovli izlar

4. Quvonch, shodlik, baxt.
Ishqingda men bahorlar topdim, Bahor ichra nahorlar topdim.
H. Olimjon

5. Sevgi, muhabbat; umid.
Kimningdir ko‘nglida bahor gulladi. Kimdir kimgadir intizor bo‘ldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

6. Sevgili, ma’shuqa, go‘zal yor.
Gullagan bahorim, seni sevaman.
U. Ismoilov, Saylanma
6. Sevgili, ma’shuqa, go‘zal yor.
Gullagan bahorim, seni sevaman.
U. Ismoilov, Saylanma
7. Bahor (xotin-qizlar ismi).
-
-
7. Bahor (xotin-qizlar ismi).