Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘r} - in ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-rin-moq
Izoh(lar)i:
ko‘r fl

1. 1. Ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lmoq, kishi va narsalarning, borliqning ko‘rinishi qandayligini farqlay bilmoq. Ikromning dadasi To‘ymat akani, ko‘zingiz yaxshi ko‘rmas ekan, deb olishmadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Otamning bir ko‘zi ko‘rmay qoldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Ko‘z bilan ilg‘amoq, ko‘z vositasida aniq farqlamoq, sezmoq, bilmoq. Lekin rashk qitiqlagan kezlarda chehrang o‘zgaradi. Men buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Fotimani ustanikidan chiqib kelayotganini ko‘rganlar avval hayron bo‘lishdi. T. Ashurov, Oq ot

3. 3. Tanishish, bilish, aniqlash va shu kabilar maqsadda ko‘zdan, nazardan kechirmoq; nazar solib tekshirmoq; qaramoq. Vrach kasalni ko‘rdi. Kitobni ko‘rmoq. Mallavoy aka chorig‘ini chiroqqa solib ko‘rdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Vakilning o‘g‘il bolasi rais bilan suhbatlashib, planni ko‘rib, palov to‘rani yeb, yo‘liga ravona bo‘ladi. Guldasta
Aka, tezroq ko‘rib bering, shoshib turibman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. Biror to‘xtamga kelish, chora belgilash uchun muhokama qilmoq. Birovning arizasini ko‘rmoq. Bu masalani majlisda ko‘ramiz.

5. 5. Duch keltirmoq, uchratmoq. Sal kech qolganingda, ko‘rolmay, armonda ketardim. I. Rahim, Chin muhabbat
Voy, haromi noinsof! Men bunday mo‘ltonini sira ko‘rganim yo‘q edi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Hol-ahvol so‘rab yo‘qlamoq. Bemorni ko‘rmoq. [Unsin:] Gulnor opani unutmayman sira, uni ko‘rgani tez-tez kelib turaman. Oybek, Tanlangan asarlar
[Kurbon ota:] MTSga kelganida, [O‘rmonjon] meni ko‘rmasdan ketmaydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

7. 7. Boshdan kechirmoq; tajribadan o‘tkazmoq. U ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rgan kishi — Har qancha darbadarlik bo‘lsa, men ko‘rganman, o‘g‘limga qolgani yo‘q, — dedi Sidiqjon. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Yigitlikda bizning boshimizdan o‘tgan sarguzasht shundoq bo‘lgan, o‘g‘illarim. Bizning ko‘rganlarimiz qursin. P. Tursun, O‘qituvchi

8. 8. Biror kimsa yoki narsaga ega bo‘lmoq, erishmoq, yetishmoq. Davlat ko‘rmoq. Yaqin to‘rt oycha umr qildik. Umrimda xotin ko‘rganim ham shu. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Kampir eshikka qaradi: — Voy, og‘zingizga yog‘, o‘g‘lim! Kelin ko‘radigan kunim ham bormikin! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Men-ku yilda besh gaz chit ko‘rmayman, kelishingizda shu bechoraga bir narsa olib kelsangiz-chi siz ham odam bo‘lib! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Men ham orzu-havas ko‘raman, deb siz bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganman. S. Nurov, Narvon
Bosh bo‘ling, suv chiqaraylik, ekin qilaylik, oz bo‘lsayam, og‘zimiz osh ko‘rsin. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

9. 9. Tomosha qilmoq, tomoshabin sifatida kuzatmoq. Bolalar televizor ko‘rmoqda. Kecha yangi kino ko‘rdik. Esingda bormi, rayondan teatr ko‘rib kelayotgan kechamiz aravada Sotiboldi, ashula aytamiz, deb Kanizakni qistadi, ko‘nmagandan keyin, sochidan tortdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

10. 10. Yuz bergan voqeaga boshqa kishi yoki narsani sabab qilib ko‘rsatmoq. Kitobni o‘zi yo‘qotib, mendan ko‘rayotir. O‘zing qilib, birovdan ko‘rma! Charosni tinch qo‘yasiz. Bo‘lmasa, o‘zingizdan ko‘ring. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

11. 11. Tajribada sinamoq, sinab bilmoq. Yer sotganlarning ko‘pini ko‘rdik, oxiri gadoy bo‘ladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Veksel degan so‘z chiqdi. Uni ham ko‘rdik, benihoyat zarur narsa. Oybek, Tanlangan asarlar.

12. 12. Payqab olmoq, ilg‘amoq, tuymoq. Katta ko‘rmaganni kichik ko‘radi, kichik ko‘rmaganni katta ko‘radi, ikkalasi birgalashib qarasa, hech narsa ko‘zdan qochmaydi, deydi xalq. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Daf’atan qulog‘iga chalinib qoladigan gap-so‘zlarda, bayt-u g‘azallarda endi butunlay o‘zgacha ma’no ko‘radi. X. Sultonov, Onamning yurti
Omon mustaqil fikrli, cho‘rtkesar, uzoqni ko‘ra oladigan, tadbirkor, yaxshi do‘st edi. S. Karomatov, Oltin qum

13. 13. Biror narsani ta’kidlash va unga diqqat-e’tiborni jalb etish uchun qo‘llanadi. Shirinligini ko‘r! [Nabigulning akasi:] — Didni ko‘ring-a, trafaretning rangiga mos abajur! A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Boltaboy ko‘rdingmi, yashirmaydi degan mazmunda Sidiqjonning tizzasini bosib qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zamonning teskariligini ko‘ring! Shohimardonga ochiq kelolmasam! K. Yashin, Hamza

14. 14. Ayrim so‘zlar bilan birikib, shu so‘z bildirgan ish-harakatni amalga oshirmoq ma’nosini bildiradi. Chora ko‘rmoq. Hozirlik ko‘rmoq. Brigada a’zolari ayni vaqtda paxta yig‘im-terimiga har taraflama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Gazetadan

15. 15. 15 deb hisoblamoq, bilmoq; deb qaramoq, tushunmoq. Loyiq ko‘rmoq. Muvofiq ko‘rmoq. Ravo ko‘rmoq. Oz bo‘lsa ham, ko‘p o‘rnida ko‘ring. U yigitni o‘ziga teng ko‘rmadi. Barchani baravar ko‘rmoq. Men seni o‘z ukamday ko‘raman. [Yo‘lchi:] Singlim, o‘z uyingday ko‘r, tortinma. Kampirning yumushlariga qarash. Oybek,Tanlangan asarlar
Kamol qozi ham Safoxon to‘raning gaplariga e’tiroz bildirmaslikni ma’qul ko‘rdi, shekilli, tek quloq solib turardi. K. Yashin, Hamza

16. ko‘m. fl. vzf. vzf. Harakatning sinash uchun bajarilishini, bajarmaslik haqida ogohlantirishni bildiradi. Sinab ko‘r. O‘ylab ko‘r. So‘rab ko‘raman. Ayta ko‘rma. Bora ko‘rmasin.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.