Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ngil} - i ( Egalik qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘ng-li xi-jil bo‘l-moq
Izoh(lar)i:
ko‘ngil ot

1. 1. Kishining his-tuyg‘u va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil. Ko‘nglida yaxshi niyatlari ko‘p. Ko‘nglim quvonchlarga to‘ldi. Baxt, iqbol, farovonlik orzulari ko‘ngilda to‘la, ammo bu damda bir parcha chapatiga zorlik qanday musibat. Oybek, Nur qidirib
[Zaynab:] — Ko‘nglimda tariqdek yomonlik bo‘lsa, ertagacha yetmayin. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Nigoraning ko‘nglini qandaydir g‘amgin his-tuyg‘ular egallab oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Aslida esa hozir uning ko‘nglida bir-biriga zid, asov tuyg‘ular junbishga kelib, jism-u jonini goh bezovta qilsa, goh halovatli kechinmalarga g‘arq etayotgan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Fe’l-atvor, xarakter, xulq. Jahldan tushgandan keyin yana yumshab qolasiz, rais, ko‘nglingiz bo‘sh. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: istak , yurak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.