Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kek}
So‘z bo‘g‘inlari: kek
Izoh(lar)i:
kek ot

1. Biron narsa ta’sirida ko‘ngilda bo‘lgan, qolgan achchiq-alam, o‘ch olish his-tuyg‘usi. Kek saqlamoq. Bolangizning bir martaba dada deganini eshitsangiz, har qanaqa kek esdan chiqadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Salim Gulnorga qarshi singlisida bo‘lgan zo‘r kekdan foydalanish kerakmi, yo‘qmi, ko‘zini yumib o‘ylay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘zim aytgancha, uning ko‘ngli yumshoq, tezgina shaxtidan tushadi. Unaqa kek saqlashni yaxshi ko‘rmaydi. Oydin, Ikki ko‘zi shunda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adovat [a], g‘araz [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. kekirdagini cho‘zdi: 1)shovqin solib, dabdabali qilib gapirdi 2) o‘dag‘ayladi

1. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

2. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

3. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

5. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)

6. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.