Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘araz}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘a-raz
Izoh(lar)i:
g‘araz [g‘a-raz ]

1. Shaxsiy manfaat; maqsad, niyat. Buni ko‘rib, Sidiqjonning qalbida bu juvonga nisbatan har qanday g‘arazdan xoli bir mehr uyg‘ondi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Yomonlik ko‘zda tutilgan maqsad, ko‘rolmaslik munosabati. Dastlab uning muomalalari Nuriga dag‘alroq ko‘rinsa-da, keyincha unda hech qanday adovat, g‘araz yo‘qligini, tabiati shunday keskinroq ekanini tushundi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gidir , kin [f-t], kek
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.